Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oftob}
So‘z bo‘g‘inlari: of-tob
Izoh(lar)i:
oftob [of-tob ]

1. Quyosh, kun. Palataga kirdik. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, palatani shom qorong‘iligi bosdi. A. Qahhor, Ming bir jon

2. Quyosh tarqatayotgan nur; quyosh harorati. Ayam meni bundaqa oftobda jizg‘inak bo‘lish uchun tuqqan emas. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

3. Quyosh nuri tushib turgan, quyosh isitib turgan joy. Ko‘m-ko‘k barglar orasida tizilib, g‘uch-g‘uch bo‘lib, oftobda sadafdek yarqirab turgan tutni ko‘rib, juvonning ham og‘zi suv ochdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. Yorituvchi, yangilik kirituvchi, o‘zgartiruvchi. Sizga o‘xshagan ayollarimizning har biri qora kun ichida yotgan minglab xotin-qizlarimizning ro‘zg‘origa oftob bo‘lib kirib borishyapti.S. Zunnunova, Olov S. Zunnunova, Olov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: quyosh
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. oftob nayza bo‘yiga kelmoq: -

2. oftob nayzaga kelmoq: -

3. oftob urmoq: -

4. oftob yemaslik: -

5. oftobda qatiq ichgan: -

6. oftobda qatiq ichishgan: -

7. orqaga oftob tegmoq: -

8. orqasiga oftob tegmoq: -

9. yag‘ringa oftob tegmoq: -

10. yag‘riniga oftob tegmoq: -

11. yelkaga oftob tegmoq: -

12. yelkasiga oftob tegmoq: -

1. Quyosh – oftob – kun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.