1.  Biror tomonga yotib, qiya holat olmoq, qiyshaymoq, engashmoq, yonboshlamoq.
                Kema o‘ng tomonga og‘di. Devor og‘ib qoldi.
                    ▬
                                        Ortiq so‘zlay olmadi, boshi bir tomonga og‘ib tushdi-yu, jim bo‘ldi joni uzilgan edi.
                        X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
                        
                        Anisimov hamisha devorni og‘gan tomonga yiqitadi.
                        E. Samandar, Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq
                        
            
            
                2.  Biror tomonga, pastga sirg‘anib, osilib tushmoq.
                Qorinbog‘ bo‘shab, otning egari chap tomonga og‘ib ketibdi.
                                    
                    
            
            
                3.  To‘g‘ri, tik yo‘ldan yoki belgili yo‘nalishdan chetga chiqmoq.
                Samolyot kursdan og‘di.
                                    
                    
            
            
                4.  Burilmoq, chetga chiqmoq; biror tomon siljimoq.
                
                                        Yaxshiboyev gap mavzusi chetga og‘ib ketganini sezdi.
                        M. M. Do‘st, Lolazor
                        
                        Bek aka boshini kaftlari orasiga oldi: — Beburd bo‘lib qoldim chog‘i yoshim og‘ib!
                        S. Nurov, Narvon
                        
            
            
                5.  Bo‘linmoq, chalg‘imoq (o‘y-xayol, diqqat-e’tibor haqida).
                
                                        Birdan diqqati og‘ib, ularga quloq tutdi.
                        Sharq yulduzi
                        
            
            
                6. ko‘chma hma To‘g‘ri yo‘ldan adashmoq, chetga chiqmoq, toymoq; biror siyosiy oqimdan, maslakdan toymoq, qaytmoq.
                
                                        Menimcha, o‘rtoqlar, Qo‘chqorov partiya yo‘lidan og‘ib, yot unsurlar ta’siriga tushib qolgan odam.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                7.  Biror tomonga yo‘nalmoq, qaramoq (ko‘z haqida).
                
                                        Hojixola, To‘raxonning xayolchan ko‘zlariga qarab olib, javob kutdi. Juvon ko‘zlari sekin yerga og‘di: Roziman.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Ra’noning yerga qaragan ko‘zi sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
                        
            
            
                8.  Eng yuqori nuqtadan, zenitdan o‘tmoq (Quyosh, Oy va yulduzlar haqida).
                
                                        Quyosh kunbotarga og‘ib, soyalar cho‘zilib qolgan bo‘lsa ham, tepalar hamon oftob selida jimirlab yotardi.
                        M. Mansurov, Yombi
                        
                        Ufqqa oqqan quyosh ko‘kni tutgan tutun orasidan go‘yo qora shisha orqali ko‘ringanga o‘xshaydi.
                        Oybek, Quyosh qoraymas
                        
            
            
                9.  Ma’lum bir muddatdan, paytdan o‘tmoq, oshmoq.
                
                                        Vaqt yarim kechadan oqqan edi.
                        M. Muhamedov, Qahramon izidan
                        
                        Kun asrdan og‘ib, shomga yaqin qolgan, shuning uchun guzardagi do‘konlardan ochig‘i uch-to‘rtta edi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                10. ko‘chma chma Biror tomonga o‘tmoq, unga moyil bo‘lmoq yoki yon bosmoq.
                
                                        Biron e’tiborliroq odam zakon [qonun] so‘qib qolsa, darrov o‘sha tomonga og‘ib ketishardi.
                        J. Abdullaxonov, Xonadon
                        
                        Bu zamonda kimning jin chaqasi ko‘p bo‘lsa, odamlar o‘shanga og‘adi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Salomat qaqshoq o‘gay ona bilan chiqisholmadi. Har kun janjal, eshitmagan gapi, yemagan turtkisi qolmadi. Ota ham suyukli xotin tomonga og‘ib ketdi.
                        S. Ahmad, Hukm