1.  Narsa, mol olish va sotish, savdo muomalasi; savdo.
                Oldi-sotdi qilmoq.
                    ▬
                                        Noib janoblarining yasovullari hayhaylashib, omadi yurishmay, oldi-sotdisini tugatolmay qolgan bozorchilarni ham haydab kelmoqdalar.
                        X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
                        
                        Ko‘rgazma davomida tadbirkorlar o‘zaro sheriklik bitimlarini tuzishlari, oldi-sotdi shartnomalarini imzolashlari ham mumkin
                        Gazetadan
                        
            
            
                2. huq. uq. Fuqarolik huquqiy munosabatlarida keng tarqalgan, asosiy vazifasi tovar-pul almashinuvini amalga oshirishdan iborat shartnoma.