1. 1. Boshqalarga nisbatan oldinda, ilgarida turgan, old tomondagi; old tomonda joylashgan. Oldingi qator. Binoning oldingi xonasi. ▬ Qism qorong‘i tushguncha, dushmanni oldingi okoplardan surib chiqardi. A. Qahhor, Oltin yulduz Nigora Qoplonga qaradi: it tumshug‘ini oldingi oyoqlari orasiga olib, bemalol mudrab yotibdi. S. Anorboyev, Oqsoy Qirmizxon tushayotib, oldingi o‘rindiqdagi tugunni oldi. N. Aminov, Qahqaha
2. 2. Ilgari bo‘lib o‘tgan; avvalgi, burungi. Tarixdan oldingi davr. Oldingi to‘rt yil ichida erishilgan muvaffaqiyatlar. ▬ Salimjon bundan bir necha yil oldingi qiziqarli voqealarni eslatib, davraga iliqlik kiritdi. Sharq yulduzi
3. ko‘chma hma Biror ishda hammadan oldinda boruvchi; peshqadam. Mamlakatimizning oldingi kishilari. ▬ Mirzakarimboy Toshkentning eng oldingi boylaridan. Oybek, Tanlangan asarlar
1. oldingizdan o‘tavermoq: -