1.  Oq tusga kirmoq, oq tus olmoq.
                Qor yog‘ib, yerlar oqarib qolibdi.
                    ▬
                                        Biz mehnatda topdik baxtimiz, Mehnatda soch oqarsa, mayli!
                        Yo. Mirzo, O‘g‘il mehri
                        
                        Turg‘un: Yo‘q. Aksincha, oqaribsiz. Jindek ozib, yana ham chiroyli bo‘libsiz.
                        N. Safarov, Hayot maktabi
                        
                        Chinni piyolasimon chanoqlar oqarib ko‘zga tashlanadi.
                        S. Qodirov, Tong yulduzlari
                        
            
            
                2.  Qonsizlanib yoki qoni qochib, qizillikni yo‘qotmoq, rangi o‘chmoq, bo‘zarmoq.
                Uning rangi oqarib ketdi.
                    ▬
                                        Umri bir oqardi, bir qizardi-yu, meni quchoqlab yig‘ladi.
                        A. Qahhor, Xotinlar
                        
                        Sobirga qaragan edi, u bir oqardi-yu, engashib, portfelini titkilashga tushdi.
                        A. Ko‘chimov, Halqa
                        
            
            
                3.  O‘ngmoq, rangini yo‘qotmoq, aynimoq (ko‘pincha, bo‘yalgan narsalar haqida).
                
                                        Ustidagi gimnastyorkasi yomg‘irda yuvilib, oftobda o‘ngib, oqarib ketgan edi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
                        Dehqon nigohi jiddiy, oliyjanob, ustida chakmon, oyog‘ida oqarib ketgan mahsi.
                        Fan va turmush
                        
            
            
                4.  Yorug‘ bo‘lmoq, yorishmoq.
                Kechasi soat to‘rtdanoq sharq tomon oqara boshladi. Hademay tun oqaradi.
                    ▬
                                        Adir tomondan ufq, xuddi parda orqasidan chiroq yoqqandek, oqarib kelyapti.
                        S. Ahmad, Hukm
                        
                        Mashhar tongi asta-sekin oqarib kelar, Ko‘z oldimda sodir bo‘ldi Ulug‘ Qiyomat.
                        A. Oripov, Yillar armoni