1. Quyosh botishi bilan tun boshlanishi o‘rtasidagi g‘ira-shira yorug‘ payt.
Quyosh botgan, lekin kun hali yorug‘, har yoqqa oqshom sukunati cho‘zilgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ko‘ngilni qon qiluvchi oqshom qo‘ndi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Kech, kechqurun.
[Oysara] Jisman zaifligiga qaramay, ko‘p yumush qilar, har oqshom o‘z bolalari bilan tancha atrofini to‘ldirib, kitob o‘qir edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
O‘sha oqshom Usmonxo‘janing hovlisi-da tong otguncha chiroq o‘chmadi, ulfatlari xo‘p kayf-safo qilishdi.
X. To‘xtaboyev, YiIlar va yo‘llar