1.  Keragidan ortiq, ko‘p; ortiqcha.
                Oshiqcha yuk. Oshiqcha harakat.
                                    
                    
            
            
                2.  Keraksiz, behuda.
                Oshiqcha gap.
                    ▬
                                        Hozir u Yaxshiboyevdan norozi bo‘ldi, lekin sirtiga chiqarmadi, garchi oshiqcha tashvish bo‘lsa-da, o‘zi gap qotdi. M. M.
                        Do‘st, Lolazor
                        
                        Vaziri buzruk Shernazarboyning muddaosini payqadi, endi u bilan oshiqcha so‘zlashib o‘tirishning foydasi yo‘qligini bildi.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
            
            
                3.  Qo‘shimcha, ortiqcha.
                Rejadan oshiqcha mahsulot. Oshiqcha haq to‘lamoq.