1. sft. ft. Hammaga ma’lum, ko‘rinib turgan, ayon; ochiq-oydin.
                
                                        Oshkor ish. Oshkor ziddiyat. Oshkor muhabbat. Kasalni yashirsang, isitmasi osh-kor qiladi.
                        Maqol
                        
                        Rahimov qah-qah urib kulib yubordi. Uning kulgisini mikrofon hammaga oshkor qildi.
                        S. Ahmad, Jimjitlik
                        
                        Nechuk, yurak sirlarini oshkor etmoq unga juda zarur bo‘lib qolibdi?
                        Mirmuhsin, Umid
                        
            
            
                2. rvsh. sh. Yashirmasdan, ro‘yirost; oshkora.
                
                                        Bu gal, el-yurt oldida oshkor, tortinmay uzoq; o‘pishdilar.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Domla zaharli ekani oshkor sezilib turgan bu chuchmal kulgiga e’tibor qilmadi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha