1.  Ovqat tayyorlash uchun moslangan maxsus xona yoki bino.
                
                                        Oshxonada g‘imirsib yurgan Risolat ukasining oldiga bir choynak choy keltirib, o‘zi ham yoniga o‘tirdi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Bu xonadonning oshxonasi bo‘lmagani uchun bo‘lsa kerak, haligi ayvonning bir burchagiga o‘choq qurilgan.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                2.  Umumiy ovqatlanish muassasasi.
                
                                        Ariq bo‘yiga o‘nlab choyxona va oshxona qurilgan.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Kinodan chiqib, oshxonada birga ovqatlanishdi, birinchi marta ikkovlari bir stol atrofida o‘tirib ovqatlanishardi.
                        Mirmuhsin, Umid