1.  Yechilishi, bajarilishi jihatdan uncha qiyin, murakkab bo‘lmagan, uncha ko‘p mehnat, kuch yoki bilim talab qilmaydigan, sodda.
                Oson masala. Oson vazifa. Oson ish.
                    ▬
                                        Bu yoqning toshi u yoqniki singari qattiq, yaxlit emas, juda bo‘sh, g‘o‘rasha edi. Shuning uchun toshlar oson ko‘chib, oson yiqildi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                2.  Qiyin emas; jo‘n, yengil.
                
                                        Tilangandan tilingan oson.
                        Maqol
                        
                        Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin.
                        Maqol
                        
                        Gipertoniya xastaligi kishining karligi oqibatida ham kelib chiqishi mumkin bo‘lib, kasallikning bu turi ancha oson o‘tadi.
                        Saodat