1.  Osonlik bilan, ko‘p kuch, mehnat sarflamasdan; osongina, jo‘ngina, bemashaqqat.
                Yutuqlar osonlikcha qo‘lga kirmadi.
                    ▬
                                        Bu muammo osonlikcha bitadigan ish emasdi.
                        Yoshlik
                        
                        G‘ulomqodirning ashulasini juda sog‘inib qoldik. Bir-ikki ashula qilib bermasa, bizdan osonlikcha qutulmaydi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                2.  Qarshilik ko‘rsatmay-netmay.
                
                                        Xolqo‘zi Zumradni biladi. U osonlikcha jon beradigan ayollardan emas.
                        S. Siyoyev, Otliq ayol
                        
                        Bizning qishloqda katta yer egalari osonlikcha jon bergani yo‘q.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari