1. Urush-janjaldan, g‘avg‘o-tashvishdan xoli; tinch, bexavotir, xotirjam.
Osoyishta shahar. Yurt osoyishta. Osoyishta yashamoq.
▬
Shunday paytda kishining bu xilda osoyishta va hatto xotirjam bo‘lishini tasavvur qilish qiyin edi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
Go‘zal manzara ruhimizni bardam, asablarimizni osoyishta qiladi.
Saodat
2. Hayajondan, iztirobdan xoli; betashvish.
Bu qomatni [Fotimani] ko‘rishi bilanoq Elmurodning osoyishta qalbida nimadir qo‘zg‘aldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. Xotirjam, bamaylixotir, bosiq.
Osoyishta suhbat.
▬
— Kimsan o‘zing? Madamin? — dedi Abdurasul ancha osoyishta tovush bilan.
P. Tursun, O‘qituvchi
Sergey o‘rnidan turib, oldingi stulning suyanchig‘iga qo‘lini qo‘ydi-da, osoyishta gapira boshladi.
P. Qodirov, Uch ildiz
4. Sokin, harakatsiz.
Dengiz osoyishta dam olmoqda.
▬
Chang aralash tutun halqa-halqa bo‘lib, ko‘kka, osoyishta bo‘shliqqa intilar edi.
Shuhrat, Shinelli yillar