1.  Farzandli, bola-chaqali er kishi (o‘z bolalariga nisbatan).
                
                                        Ota bo‘lmay, ota qadrini bilmas.
                        Maqol
                        
                        otamisiz, nimasiz axir, o‘g‘lingizni tiyib olish sira esingizga keladimi?
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Tojiddinning otasi ham kampirining o‘limidan keyin ko‘p o‘tmay vafot etgan edi.
                        S. Zunnunova, Olov
                        
            
            
                2.  Yoshi katta kishilarga murojaat qilishda yoki ularni hurmatlash uchun ishlatiladi.
                
                                        Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi.
                        Maqol
                        
                        Yunusali ota qayoqqa borishni bilmay, hardamxayol bo‘lib turgandan keyin idora tarafga yo‘l oldi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Qoratoy O‘rozni darrov Shokir otaga yubordi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  O‘g‘il bolani erkalatish uchun ishlatiladi.
                
                                    
                    
            
            
                4. ko‘chma hma Biror ish yoki harakatni boshlab bergan, unga asos solgan kishi haqida.
                Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining otasidir. Jukovskiy rus aviatsiyasining otasidir.
                                    
                    
            
            
                5. ko‘chma hma Mehribon boshliq, rahnamo haqida.
                
                                        U [Mixail Markovich] kolxozchilarga ota bo‘ldi, g‘amxo‘rlik qildi, ish o‘rgatdi.
                        Oydin, Mardlik — mangulik
                        
            
            
                6.  El-yurtga boshchilik qiluvchi, yoshi yoki mansabi ulug‘ zot haqida
                
                                        [Yormat:] Tayyorlan, qizim, Senga yurt otasi, ellikboshimiz gapiradilar.
                        Oybek, Tanlangan asarlar