1.  Otaning o‘z farzandiga bo‘lgan munosabatlari va shu munosabatlarga bog‘liq holatlar.
                Otalik burchi. Otalik muhabbati.
                    ▬
                                        Qutbiddinovning otalik mehri jo‘sh urib ketdi, Suyarning boshidan, yuzidan o‘pdi, quchoqladi.
                        A. Qahhor, O‘jar
                        
                        Tog‘ay o‘sha tun otalik baxtini his etib, xayol qanotida yuksak-yuksaklarga uchdi.
                        Yoshlik
                        
            
            
                2. bot. ot. O‘simliklarda hosilni vujudga keltiruvchi erkak generativ a’zo; changchi.
                
                                        Tok gulida onaligi yaxshi rivojlangan bo‘lib, otaligi esa uncha yaxshi taraqqiy etmagan.
                        Fan va turmush