1.  Moddiy, madaniy yoki boshqa xil yordam ko‘rsatish, shu yo‘l bilan tashkilotlar va kishilarni bir-biriga bog‘lashdan iborat ijtimoiy burch, faoliyat.
                Otaliqqa olmoq.
                    ▬
                                        Har birimizni alohida-alohida to‘quvchi master xotinlar otaliqqa olishdi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
                        Tuman sanoat korxonalari va tashkilotlari joriy va kapital remont qilish uchun uy-joy binolarini otaliqqa olishni tashkil etmoqda.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Shunday yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olgan kishi yoki tashkilot.
                
                                    
                    
            
            
                3. tar. ar. Kavkaz xalqlari, arablar va boshqalar ba’zi xalqlarda badavlat ota-onalar tomonidan farzandlarini ma’lum yoshgacha tarbiyalash uchun vassallar va xizmatkorlarga berish odati.
                
                                    
                    
            
            
                4. tar. ayn. yn. Otabek 2.
                
                                    
                    
            
            
                5. tar. ar. Xonlar saroyida eng yuqori amallardan biri; xonning maslahatchisi.
                
                                        Qushbegilar, otaliqlar o‘zimizdan, o‘rtada ulardan bitta-yarimta dodxohlar bo‘lsa bor.
                        A. Qodiriy, Kichik asarlar