Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oxur}
So‘z bo‘g‘inlari: o-xur
Izoh(lar)i:
oxur ot

1. Chorva mollariga (qo‘y, echki, sigir, ot) yem-xashak solib beriladigan moslama (idish). Ot oxuri. Mol oxuri. Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sug‘ordi, oxurlarga beda soldi. H. G‘ulom, Feruza
G‘ulomjon otxonaga kirib, to‘kilgan bedalarni oxurga terib soldi, qorong‘ida ham ko‘zlari chaqnab turgan samanni peshonasidan silab, suyib qo‘ydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: oxir So‘nggi nuqta, joy, vaqt; poyon.
Qomus: mavjud emas.

1. baland oxurdan o‘t yemoq: -

2. baland oxurdan suv ichmoq: -

3. baland oxurdan yem yeb o‘rganmoq: -

4. katta oxurdan yem yeb o‘rganmoq: -

5. katta oxurdan yem yemoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.