1.  Mehnatga tobi yo‘q, qo‘lini sovuq suvga urmaydigan ayol; oqsuyak ayol.
                
                                        Oyimtilla bu kelin, Ahvoliga bir qarang, Tirnoq qizil, lab qizil, O‘smadan qoshlar tarang.
                        G‘, Komilov
                        
                        [Hayotxon:] Unga men emas, oyimtilla bo‘lib, uyda o‘tiradigan xotin kerak-da.
                        R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
                        
            
            
                2.  Yengiltak, tannoz ayol.
                
                                        — Bu oyimtilla toza yengiltak ekan-ku, — dedi o‘ziga-o‘zi Qumri.
                        Mirmuhsin, Ajrim
                        
            
            
                3. kest. st. Soyaparvar, ish yoqmas, xotinchalish erkak.
                
                                        O‘sha oyimtillalarning ishini qilolmaydi deb o‘ylaysizmi, narximizni ko‘pam yerga uravermang.
                        S. Ahmad, Qadrdon dalalar