1.  Eti qochib, ozg‘in tortmoq; ozg‘inlanmoq, oriqlamoq.
                
                                        Bir terining ichida qo‘y necha bor semirib, necha bor ozar.
                        Maqol
                        
                        Ozgan ot arg‘umoq bo‘lmas.
                        Maqol
                        
                        Umidning yoqasi titilib ketgan o‘sha eski kostyumi-yu, shimining tagi yirtilib, yamoq tushganiga, ozib, chakkalari turtib chiqqaniga qarab, hayron bo‘lgan bo‘lsa kerak.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
                        Bu orada u ozib, shundog‘am so‘lg‘in yuzlari battar za’faron bo‘lib ketdi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
            
            
                2.  To‘g‘ri yo‘ldan toymoq, adashmoq.
                
                                        Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to‘n to‘zmas.
                        Maqol
                        
                        Egri — ozadi, to‘g‘ri — o‘zadi.
                        Maqol
                        
                        Islovotxonalari taraqqiy topgan mamlakatlarda adashgan qizlar, ozgan juvonlar ko‘pincha Fuod afandi tutgan yo‘llar bilan qo‘lga tushirilar edi
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha