1. Ovqat bo‘ladigan mahsulot, ov-qatli don-dun; yemish.
Oziq mahsuloti. Bir kunlik yo‘lga chiqsang, bir haftalik oziq ol!
Maqol
Yozning yozig‘i — qishning ozig‘i.
Maqol
Yigitlardan biri dasturxon yozib, yo‘lga olgan oziqlarini o‘rtaga qo‘ydi.
A. Qahhor, Maston
Nima, oziq bittami, qozon osmadingiz!
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Hayvonlar ovqati, yem-xashak.
Hayvonlar uchun qishga oziq tayyorlamoq. Qurtlarga oziq bermoq.
3. O‘simliklar o‘sish jarayonida yerdan oladigan moddalar.
O‘simliklarga qo‘shimcha oziq berish. Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar.
Maqol