1.  Yer chopganda yoki haydaganda uvalanmay, butun holda ko‘chgan katta yapaloq kesak.
                
                                        Cho‘l qushlarining qilig‘i qiziq: ular palaxsa-palaxsa ag‘darilib, qalayday yiltirab yotgan shudgorda o‘lja talashadi.
                        H. Nazir, Bir tup g‘o‘za
                        
            
            
                2.  Umuman, har qanday qattiq narsaning undan ajralgan yaxlit, yapaloq parchasi.
                
                                        G‘ulomjon har gurzi urganda, tog‘ palaxsa-palaxsa bo‘lib ag‘darilar, odamlar qiyqirishib, yugurishib tashishar emish.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha