1.  Muayyan davr, vaqt, payt.
                Yoz pallasi. Yoshlik pallasi. Shu pallada.
                    ▬
                                        Dehqon tong pallasi safarga chiqdi, Yurtim deb bir yo‘li hasharga chiqdi.
                        M. Yusuf, Uyqudagi qiz
                        
                        Arpa o‘roqqa kirgan palla edi. Matpano o‘rog‘ini yo‘qotib qo‘yib diqqat bo‘ldi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Dalada yoz pallasida yoyilib o‘tirish — rohat.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  Bosqich, pog‘ona, davr.
                Tarixiy taraqqiyotning yangi pallasi.
                    ▬
                                        El bilan birga uzoq yo‘l bosdim, bunday pallalarni yaxshi bilaman. Xalqning qismatida tarixiy kunlar boshlanmoqda.
                        Sharq yulduzi
                        
            
            
                3.  1. Tarozining narsa yoki tosh qo‘yiladigan har bir taqsimchasi.
                Tarozi pallasiga tosh qo‘ymoq. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirmoq. Tarozi pallasiga qarab ish tutadigan odam,
                    ▬
                                        Peshtaxta oldiga borib, savatdagi uzumdan bir bosh tanladi-da, tarozi pallasiga qo‘ydi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
                        Dunyo tarozisining ikki pallasi: birida quvonch, birida g‘am; birida nur, birida zulmat bo‘lsa, Nazokat endi faqat bittasini — quvonch bilan nurga to‘lasini ko‘rardi.
                        Shuhrat, Umr pog‘onasi
                        
            
            
                4.  2. Yumaloq narsaning teng ikkiga bo‘lingan qismlaridan biri, yarmi.
                
                                        Yormat tarvuzni kesdi. Bir pallasini Yo‘lchi va O‘roz oldiga qo‘ydi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Ko‘zim ichga botib ketgan, xuddi quruq ikki yong‘oq pallasi.
                        T. Fattoh
                        
                        Tarvuzning bir pallasida suzar yuzlab chumoli.
                        Yoshlik
                        
            
            
                5. bot. ot. Urug‘ning mustaqil murtakli har bir bo‘lagi.