1.  Butundan kesib, qirqib, yirtib, sindirib olingan yoki o‘zi ajragan qism; bo‘lak, bo‘lakcha.
                Qog‘oz parchasi. Bomba parchasi.
                    ▬
                                        Bahodir kallaklangan tol orasidan suyak, sovun parchalarini olar ekan, birdan Nilufarning yelim qo‘g‘irchog‘i chiqib qoldi.
                        S. Ahmad, Yulduz
                        
                        Keksa ishchi so‘nggi go‘sht parchasini og‘ziga soldi.
                        A. Qahhor, Qanotsiz chittak
                        
                        Deraza oynalariga yirik qor parchalari oq kapalakday urinadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2. ad. ad. Asarning tugal mazmunli kichik qismi.
                
                                        Romandan parcha, Ko‘pgina oqshomxonlar yozuvchilarning yangi asarlaridan parchalar berib borishni, san’atkorlarimiz haqida ko‘proq yozishimizni iltimos qilishdi.
                        Gazetadan
                        
                        Abdulla Qahhor, to asar bitguncha, taassurotingiz buziladi, fikringizni to‘la ifodalay olmaysiz, deb hatto parcha o‘qigani ruxsat bermas edilar.
                        K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Bo‘lak, bo‘lakcha, qism.
                
                                        — O‘g‘lim, — dedi ona o‘rnidan turib, yuz-ko‘zlarini boshidagi durrasining uchiga artar ekan, — farzand — qalb parchasi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                4.  Zar ip aralashtirib to‘qilgan qalin ipak mato, kimxobning bir turi.
                
                                        Qatorga tirkadik lo‘k bilan norcha, Ustiga yukladik qirmizi parcha.
                        Appomish
                        
                        Tuman orasiga o‘ralgan cho‘qqining uchi qilich damidek yarqirab ketdi-yu, bir dam kimxob parchasidek bulut yalt-yalt yonib, ko‘zni qamashtirdi.
                        S. Ahmad, Yo‘lda