1.  Asrash, o‘stirish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan harakat.
                
                                        G‘o‘za parvarishi. Daraxtdan meva olaman desang, niholni parvarish qil.
                        Maqol
                        
            
            
                2.  Tarbiyalash, voyaga yetkazish, boqish kabi maqsadda qilinadigan harakat; qarov, boquv, tarbiya.
                
                                        Kampirning gaplari menga kulgili tuyulsa ham, hurmat yuzasidan hamda bolaga yaxshi parvarish qilish zarurligi vajidan bir nima demasdan, unga tasallo berar edim.
                        G‘. G‘ulom, Yodgor