1. Qo‘l bilan ushlab yoki silab ko‘rmoq; shu yo‘l bilan qidirmoq.
Cho‘ntagini paypaslab, gugurt axtarmoq.
▬
Normat engashib, etigining qo‘njini paypaslab ko‘rdi.
S. Ahmad, Ufq
Cho‘ntagini paypaslab, xushbo‘y atir hidi ufurib turgan ro‘molchani chiqardi-da, burniga yaqin keltirib, uzoq hidladi
X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
Ahmadjon miltig‘ini paypaslab ko‘rdi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
2. ko‘chma hma Bekitishga, yumshatishga urinmoq, xaspo‘shlamoq.
U o‘z aybini paypaslamoqchi bo‘ldi.