1.  So‘zlovchi bilan tinglovchidan boshqa odam eshitmaydigan qilib, past ovoz bilan aytilgan gap, pichir-pichir, shivir-shivir.
                
                                        Gapning yomoni pichir, etning yomoni qichir.
                        Maqol
                        
                        Yonimda o‘tirgan ikki qizning pichiri qulog‘imga chalindi.
                        M. Jaloliddinova, Jur’at
                        
            
            
                2.  Boshqalar eshitmaydigan darajada past ovoz.
                
                                        — Kasali nima ekan, ozib ketibdi kelinchak onamiz? — pichir bilan so‘radi Salimboyvachcha.
                        Oybek, Tanlangan asarlar