1.  Kishining nazaridan yashiringan, ko‘zga ko‘rinmaydigan; yashirin.
                
                                        Ming tasannoga loyiq o‘simliklarning ajoyib xislatlaridan biri — insonga yer ostida o‘zini pinhon tutgan konlardan xabar qila bilishidir.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Kishilardan maxfiy tutilgan, sir saqlangan; maxfiy.
                Siri pinhon. Dardi pinhon. Pinhon bo‘lmoq. Pinhon tutmoq.
                    ▬
                                        Necha yildirki, Feruz Avazga pinhon mehr qo‘ygan edi. Buni xudodan yashirmaydi, ammo bandasiga bildirmaydi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        Dastlab tuyg‘ularini hammadan pinhon tutib yurdi.
                        Yoshlik
                        
                        axir, uning pinhon armonlarini Nurillaxongina emas, Said Olimxon ham yaxshi bilardi.
                        Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik