1.  Mustahkamlik, qattiqlik, mahkamlik.
                
                                        Pishiqlik nishonasi bo‘lgan tosh ham o‘zgaradi, chunki toshni tashkil etuvchi atomlar hamisha harakatda bo‘ladi.
                        A. Ye. Fersman, Qiziqarli geoximiya
                        
            
            
                2.  Hayotning qiyinchiliklari bilan chiniqqanlik; o‘z ishiga puxtalik.
                
                                        Uning [Hikoyatning] pishiqligi, uddaburonligi shu holda ham sezilib turardi.
                        A. Ubaydullayev, Hayot oqshomi
                        
                        Kolya ham, shuncha dadil va pishiqligi bilan, ba’zi savollarga qiynalibroq javob qaytarardi.
                        H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar