1.  Ishlov bilan yoki rivojlanib yetilmoq, me’yoriga, ob-u tobiga yetmoq, foydalansa bo‘ladigan holga kelmoq.
                Loy yaxshi pishidi. Ip hali pishimabdi.
                    ▬
                                        [Rais:] Qalay? Yerlar ko‘ngildagidek pishidimi?
                        Oydin, Yuragida o‘ti bor
                        
                        Endi to‘xta, ukajon. Bo‘ldi-ye, kuvidagi qatiqday pishiyverib, yog‘imni chiqarib yubording.
                        S. Siyoyev, Otliq ayol
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Ko‘pni ko‘rib, boshdan kechirib, boy tajriba orttirib voyaga yetmoq, yetuklik darajasiga erishmoq, yetishmoq.
                
                                        Shaxdam qadam bosib minbarga chiqishidan, gap ohangidan bunaqa davraga ko‘p tushib, xiyla pishigan, sertajriba ko‘rinadi.
                        H. Nazir, Mayoqsari
                        
            
            
                3.  Chiniqmoq, toblanmoq.
                
                                        Kishi mehnatda pishiydi. Yoshsan pishirsan, bu damingdan tushirsan.
                        Maqol
                        
                        Ergash Bahromov nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan janglarda pishidi, chiniqdi, toblandi.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
            
            
                4. kam qo‘ll. Pishilmoq, ivimoq.
                Yomg‘irda qolib rosa pishidim.