1.  Parchalangan narsaning bir qismi; bo‘lak, parcha.
                Pora bo‘lmoq. Pora qilmoq.
                    ▬
                                        Qudrat, taxta porasi ustida hushsiz qolgan Farhodday, o‘z ixtiyorini unga berib ojiz qoldi.
                        Z. Fatxullin, So‘nmas yulduz
                        
                        Burgut uni changalga olib, Mushuk jag‘in qilibdi pora.
                        Ya, Qurbon
                        
                        O‘sma qo‘yding-mu qoshingga, Bunchalar ham qoradur, Bilmadim, bu qoshlaringdan Qancha dillar poradir.
                        E. Vohidov, Yoshlik devoni
                        
                        Sening yuragingda laxta-laxta qon, Siynang nimalardan bo‘lmagan pora.
                        A. Oripov, Yillar armoni
                        
            
            
                2. esk. kt. kt. To‘da, to‘p, guruh.
                
                                        Men bir pora yigitlarni olib, yovning orqasiga o‘ta bildim.
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                3. esk. kt. kt. Asarning tugal qismlaridan biri; qism, bo‘lim; bob.
                O‘ttiz pora qur’onni yod olmoq.
                                    
                    
            
            
                4.  Biror ishni noqonuniy tarzda bitirib bergani uchun mansabdor shaxsga beriladigan yoki berilgan narsa yoki pul.
                Pora olmoq. Pora bermoq. Pora yemoq.
                    ▬
                                        A’zamjon aka hozir pora bilan ish bitkazish mumkinmasligi, pora bergan ham, pora olgan ham qiya bo‘lib ketishini aytib qoldi.
                        S. Ahmad, Saylanma
                        
                        Tavba, poroga kelgan pulni tarozida tortib oladigan odam qanday qilib prokuror bo‘lib qoldi ekan?
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati