1. esk. kt. ayn. yn. Oyoq 1.
                
                                        Pirnazar polvon qiziga bir elandi-yu, boshini chetga burdi. Ota yuzini ters burgach, Yorqinoy battar ezildi, endi u dadasining poyini quchoqlab yig‘ladi.
                        R. Rahmon, Mehr ko‘zda
                        
                        Poyiga yiqilib: — Momo-qiz, men senga nima yomonlik qilib edim, — deyman.
                        T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
                        
            
            
                2.  (egalik va o‘.-n. k. affiksi bilan) Birovning ixtiyorida, qo‘lida yoki oyog‘i ostida.
                
                                        Lekin aslo qilma armon, Armon qilma, gul jamol, Poyingdadir yorug‘ jahon, Keng jahonga nazar sol.
                        H. Sharipov.
                        
            
            
                3.  Biror narsaning quyi qismi, tagi, etagi.
                
                                        Ulug‘ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qo‘yilmoqda.
                        Gazetadan
                        
                        Faqat daryo labi gezarib, Yopib yotar tog‘ning poyini.
                        U. Qo‘chqor, Hayajonga ko‘milgan dunyo
                        
                        Sahna-yu minbar poyida ijod ahli bilan uchrashuvga talpinib kelgan kishilar
                        Gazetadan
                        
            
            
                4.  Juft holda ishlatiladigan narsaning har biri, bir toqasi (asosan poyabzal haqida, odatda bir so‘zi bilan ishlatiladi).
                [Bir] poyi yo‘q etik. Mahsining bir poyi.
                    ▬
                                        Uning bir poy paytavasi osilib, yurishga xalaqit berardi.
                        S. Karomatov, Oltin qum
                        
                        Ochil Sharopov o‘girilib, poygakdagi poyabzallar ichidan bir poy kavushni olib ko‘rsatdi.
                        Sh. Xolmirzayev, So‘nmas o‘t
                        
                        Nozima dahlizda yotgan bir poy tuflisiga ko‘zi tushdi.
                        Yoshlik