1.  Joy, masofa, yo‘l kabilarning oxirgi chegarasi, etagi, oxiri.
                Poyoni ko‘rinmaydigan dala.
                    ▬
                                        Binafsha, lolalardan gilam to‘shalgan tog‘-qirlarni kezib, poyoniga yetolmaysiz.
                        N. Safarov, Olovli izlar
                        
                        Nizomjon shu topda shunday kuchli bo‘lib ketgan ediki, bir o‘zi mana shu poyoni yo‘q cho‘lni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashga qodirdek edi.
                        S. Ahmad, Ufq
                        
                        Qamishlar ikki odam bo‘yi o‘sgan, poyoni ko‘rinmas, shabadada bir ohangda mungli shovullardi.
                        G‘. G‘ulom, Feruza
                        
            
            
                2.  Ish, gap, voqea-hodisa kabilarning oxiri, intihosi.
                Hikoyani poyoniga yetkazmoq.
                    ▬
                                        Umrning poyoni ko‘ringan paytda uy qayg‘usiga tushdim.
                        Yoshlik
                        
                        G‘azal poyoniga yetdi. Tabibiy kamtarona kulumsiradi. Haryondan olqishlar eshitildi.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
                        [Maysara:] Shu xiyonatkorlarning jazosini berish uchun boshlagan ishimni poyoniga yetkazay.
                        Hamza, Maysaraning ishi
                        
                        Bu so‘zingning, dilbar, yo‘qdir poyoni.
                        Alpomish
                        
            
            
                3. ko‘chma hma So‘ng, chek, nihoya (his-tuyg‘u, kechinma kabilar haqida).
                G‘azabining poyoni yo‘q.
                    ▬
                                        Necha faryod toshib keldi ko‘ksin yorguday, Ko‘zi tinib, iztirobi poyonga yetdi.
                        A. Muxtor, Asarlar
                        
                        Sirim borki, osmoni ko‘rinmas, G‘amim borki, poyoni ko‘rinmas.
                        Yoshlik
                        
                        Har bir narsa kabi mehr-muhabbatning ham avvali, avji va poyoni bo‘lishi tabiiy.
                        X. Sultanov, Onamning yurti