1.  Mamlakatda qonunlarga to‘la amal qilinishi va ularning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat qilib turuvchi va sudda davlat manfaatlarini, davlat nomidan tuzilgan aybnomani himoya qiluvchi davlat organi.
                Prokuratura organlari.
                    ▬
                                        Mirsaid uning prokuraturada ishlaydigan Mannonov ekanini payqadi-yu, shosha-pisha izoh berdi.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
                        Ushbu holatlar yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
                        Gazetadan