Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qo‘rqinchli}
So‘z bo‘g‘inlari: qo‘r-qinch-li
Izoh(lar)i:
qo‘rqinchli sf

1. Kishini qo‘rquvga, vahimaga, dahshatga soladigan, dahshatli, vahimali. Qo‘rqinchli tush. Qo‘rqinchli manzara. Uning rangi oqarib, vajohati qo‘rqinchli tus olgan edi. M. Hazratqulov, Jur’at
Odamlarning uningsiz ham xarob egni-boshlari to‘kildi, afsonalardagi ya’juj-ma’juj kabi qo‘rqinchli tus oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Kishini xavotirlikka soladigan, bezovta, xavotir qiladigan; xavfli, xatarli. Qo‘rqinchli kasallik. Uzun va issiq yoz kunida podshohni saharliksiz qoldirish begimlar uchun o‘zlari och-nahor qolishlaridan qo‘rqinchliroq edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Xavfli – xavotirli – xatarli – qo‘rqinchli – tahlikali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.