Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qoq}
So‘z bo‘g‘inlari: qoq
Izoh(lar)i:
qoq fl

1. 1. Zarb bilan kiritmoq (qoziq, mix kabilar haqida). Yerga qoziq qoqmoq. Yog‘ochga mix qoqmoq. Ungur chuqurlashgan sari qoziqlar shu zaylda qoqib borilsa, yo‘ldan adashmaymiz.
[Unsin] Ichkari uyda o‘tirib, mahsilarga shon qoqadi, shondan tushiradi, pardozlaydi, qoragul, lok surkaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Mixlab yopishtirmoq, mahkamlamoq. Pol qoqmoq. Otga taqa qoqmoq. Tomga tunuka qoqmoq. Nima uchun devorlarga gilam qoqmadinglar? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Nima bo‘ldi-yu, hech kim bilan kengashmay pravleniyening eshigiga shunday bir e’lonnoma qoqib qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Urib ovoz chiqarmoq, taqillatmoq, dukullatmoq. Hamma uxlaganda, u mullavachchaning hujrasini qattiqroq qoqsangiz, hammasini ko‘rasiz. J. Sharipov, Xorazm
Samandarov qalamning orqasi bilan stolni qoqib, g‘ovurni bosdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Sharofat] Uyning narigi devorini qoqib, qo‘shnini chaqirish uchun o‘rnidan arang turdi. H. Ziyoxonova, Arzanda

4. 4. Yelkaga yoki orqaga kaft bilan sekingina urmoq, shappatilamoq. Kerishayotgan jangchining yelkasiga panjasi bilan qoqib: — Ketdikmi, Dehqonboy! — dedi o‘zbek tilida bir jangchi. N. Safarov, Jangchi shoir
Bobom meni qattiq quchib, qo‘li bilan orqamni bir-ikki qoqadi, tag‘in ishga tutinadi. Oybek, Bolalik

5. 5. Urib, chertib, silkitib va boshqalar yo‘l bilan ichidagi, ustidagi narsani tushirmoq, shu yo‘l bilan tozalamoq. Gilamning changini qoqmoq. Iliq qoqmoq. Burnini qoqmoq. Dasturxonni qoqmoq. Kiyimlarni qoqmoq. Telpakning qorini qoqmoq. U etakka ilashib qolgan paxtalarni qoqayotganda, boshidagi chopon birdan sirg‘alib, tushib ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Imom, to‘polonda boshidan tushib, tuproqqa qorishgan sallasini qoqib-qoqib, qaytadan o‘rarkan, o‘z qavmiga va’z-nasihat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Siz kelguningizcha, men ko‘rpachalaringizni qoqib, supurib qo‘yaman. Mirmuhsin, Me’mor

6. 6. Urib yoki silkib, mevalarni tushirmoq. Jiyda qoqmoq. Olma qoqmoq. Shaftoli qoqmoq. Salomatning onasi ellikboshining bog‘idagi azim tup yong‘og‘ini qoqayotganda, yiqilib yotib qoldi. S. Ahmad, Hukm
Men sizga aytsam, bahorda gul terib, kuzda o‘rik qoqib berib, ko‘nglini olib yurdim. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. Biror a’zoni silkitmoq, qimirlatmoq. Qoshini qoqmoq. Qanot qoqmoq. Shakar buvi belini ushlab, kiftini qoqqancha bobilladi. H. Nazir, Tomosha
Rais darrov o‘rnidan turdi, bir qo‘lini orqasiga qo‘yib, ikkinchi qo‘lini boshi uzra kamalak qilib, ikki-uch yelka qoqdi-da, shunday yo‘g‘on gavdali bo‘lishiga qaramasdan, bedanaday yo‘rg‘aladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

8. ko‘chma hma Holdan toydirmoq, toliqtirmoq. — Yur biznikiga, — taklif etdi rais, — andak dam ol, birga ovqatlanaylik, mashina kishini qoqib qo‘yadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Yo‘l qoqib, o‘zi adoyi tamom bo‘lgan-u, ketidagi Zulxumordan nomus qilganidan ham yo‘ldan qolmay chidab boradi. M. Mansurov, Yombi
Kecha meni ot qoqqan ekan, o‘rnimga kirishim bilan qotib uxlabman. A. Qodiriy, Uloqsa

9. etn. tn. Qoqim qilmoq, qoqim qilib davolamoq. Hakka kelib cho‘qisin, Mulla kelib o‘qisin, Qoqimchi kelib qoqsin, Ko‘zing suv bo‘lib oqsin. Folklor

Antonim(lar)i: ho‘l , nam
Sinonim(lar)i: xuddi [f-t], quruq , xasis [a]

1. qoq I Sifat
1.Quruq, nami sira qolmagan; oriq, suyakdan iborat. 2. Taqir, hech narsa o‘smaydigan

2. qoq II Ravish
xuddi, naq, o‘zi

3. qoq III Fe’l
bir qattiq jismga ikkinchi qattiq jismni urmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. andishaning otini qo‘rqoq qo‘ymoq: -

2. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi

3. avra-astarini qoqmoq: -

4. avra-astarni qoqmoq: -

5. chetga qoqmoq: -

6. engak qoqmoq: -

7. etagini qoqmoq: -

8. etak qoqmoq: -

9. etakni qoqmoq: -

10. jonimni qoqay: -

11. kiprik qoqmaslik: sira uxlamaslik

12. mijja qoqdi: mizg‘idi

13. mijja qoqmadi: sira uxlamadi

14. mijja qoqmaslik: -

15. mijja qoqmoq: -

16. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

17. miyasini qoqib, qo‘liga bermoq: -

18. o‘ttiz ikki tishini qoqib olmoq: -

19. og‘izga qoqmoq: -

20. og‘ziga qoqmoq: -

21. olinmagan buzoqqa qoziq qoqmoq: -

22. po‘st qoqmoq: -

23. po‘st qoqtirmoq: -

24. po‘stagini qoqdi: ayovsiz tanqid qildi

25. po‘stagini qoqmoq: -

26. po‘stagini qoqtirmoq: -

27. qanot qoqmoq: -

28. qoqqan qoziqday: -

29. qoqqanda qozig‘i, osganda cho‘michi qolmaslik: -

30. qoqqanda qozig‘i, osganda xurmachasi qolmaslik: -

31. qulog‘ini qoqib, qo‘liga bermoq: -

32. quloq-miyasini qoqib, qo‘liga tutqazmoq: -

33. sim qoqmoq: -

34. tishini qoqib qo‘liga bermoq: -

35. tishini qoqmoq: -

36. to‘rva qoqdi: Oxirgi farzand, kenjatoy

37. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi

38. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq: -

39. yuragi qoq yorila yozdi: sevinib, juda kuchli hayajonlandi

40. yuragi qoq yorilayozmoq: -

41. yurak qoq yorilayozmoq: -

1. Ishchan – harakatchan – g‘ayratli – tirishqoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Xuddi – aynan – ayni – rosa – naq – qoq – baayni
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.