1. Quvonish his-tuyg‘usi; xursandlik. Boltaboy otaning quvonchidan Shirmonxon ham behad shod edi. S. Zunnunova, Olov To‘y. Bu so‘z kambag‘alning uyini shodlikka, quvonchga to‘ldiradi. T. Obidov, Yusufjon qiziq Adabiyotga yashnab kirgan yoshlarni ko‘rib quvonib ketaman va bu quvonchimni o‘sha yoshning o‘ziga minnatdorchilik izhor qilib aytaman. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
1. quvonch olamga sig‘maslik: -
2. quvonchi olamga sig‘maslik: -
1. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)