1.  Ba’zi organ, tashkilot, idora, jamiyat va shu kabilarning boshlig‘i, rahbari.
                
                                        Mahalliy komitet raisi topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish uchun qanchadan-qancha vaqt ketishini o‘ylagan edi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Majlisni boshqaruvchi shaxs.
                
                                        Nutq davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi.
                        A. Qahhor, Nutq
                        
            
            
                3.  Diniy marosim va urf-odatlarning bajarilishini kuzatib boruvchi, shuningdek, o‘lchov va tosh-tarozilarning to‘g‘riligini tekshiruvchi mansabdor shaxs
                
                                        Aqlim olgan zargar qizi, Muftiy, a’lam, rais, qozi, Tengdoshlarim, xush qol endi!
                        Bahrom va Gulandom