1.  Quruq rasmiyatga yoki takallufga rioya qiluvchi; byurokrat.
                
                                        — Juda rasmiyatchi bo‘la berma! Men hamma narsaga rasmiy qaray beradigan odamlarni yoqtirmayman, — dedi Shukur Karimovich
                        Umidga. Mirmuhsin, Umid
                        
                        Ishlaringizning qadrini mana shunaqa hovliqmalar, mahmadonalar, rasmiyatchilar tushiryapti.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
                        Butun yurish-turishi, ko‘z qarashlaridan g‘irt rasmiyatchiga o‘xshab ko‘ringan odamning san’atingizni o‘rgating degan so‘zi [Teshavoyga] moydek yoqib tushdi.
                        J. Abdullaxonov, Yo‘l