Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rasvo}
So‘z bo‘g‘inlari: ras-vo
Izoh(lar)i:
rasvo

1. Nojo‘ya xatti-harakati, yurish-turishi bilan el nazaridan qolgan; yaramas, razil. Rasvo odam. Tavba, — dedi u o‘ziga-o‘zi, — yarim soat ichida ikki rasvo odam bilan uchrashsam-a. Hayotida hech mahal bunchalik yaramas tasodifga yo‘liqmagan edi. Mirmuhsin, Umid

1.

2. Juda ham yomon, tanqiddan tuban. Rasvo gap.

3. Juda ham yomon, yaramas; nokas. Uning xunukligi ustiga ikki dunyosi ham rasvo — hasadchi edi. Mirmuhsin. Bojasi rasvo ekanini bilardim. Shukrullo, Saylanma
Jaydari g‘o‘zaday mijg‘ov, rasvo ekinni dehqon bolasi bilmasa kerak. G‘. G‘ulom, Aliqulning qarzi

4. Izdan chiqib ketgan, yomon ahvolga tushib qolgan; yomon, pachava. [O‘rmon Dadavoyga:] Qayerdaki intizom mahkam, u yerda ish yirik. Qayerdaki intizom buzildi, u yerda ish rasvo. Uyg‘un, Navbahor
Ishni rasvo qildi-ku Padar la’nat Toshbaqa. Yoshlik

5. Buzuq, badaxloq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. rasvosi chiqmoq: -

2. rasvosini chiqarmoq: -

3. rasvoyi jahon qilmoq: -

1. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.