1.  Yaxshi yoritilgan, yop-yorug‘.
                Ravshan tun.
                    ▬
                                        Kundek ravshan istiqboling, kamol top, respublikam.
                        Yo. Mirzo
                        
            
            
                2.  Yaxshi ko‘radigan, o‘tkir (ko‘z haqida).
                Ko‘zim ravshan. Ko‘zim ravshan tortdi.
                    ▬
                                        Ravshan ko‘zlarin yoshlab, Urdi qamchin qulochlab.
                        Malikayi ayyor
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Aniq, tushunarli, tushunish oson bo‘lgan.
                
                                        Ravshan fikr. Ravshan javob. Fikri ravshanning so‘zi ravshan.
                        Maqol
                        
                        Onaning barcha tashvishli o‘ylari sovun ko‘pigiday o‘chdi. Voqea ravshan edi.
                        Shuhrat, Shinelli yillar
                        
                        Demak, masalaning bir tomoni ravshan, endi ikkinchi tomonini o‘ylab ko‘rish kerak.
                        A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat
                        
                        Elmurodning ko‘nglidan: bu podsholar ham yomon ekan-da, degan fikr o‘tdi, uning go‘dak aqli buni ravshan ifodalashga ojiz edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                4. ko‘chma hma Ko‘zga yaqqol tashlanadigan; ochiq-oydin, aniq, yaqqol.
                Ravshan surat.
                    ▬
                                        Oylar, yillar o‘tishi bilan mening ko‘zimga bu narsa ochiq-oydin, ravshan ko‘rina boshladi.
                        Yoshlik
                        
                        Oydinda ularning paranjili ikkita xotin ekanligi ravshan ko‘rinib turar edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                5. kesim vzf. ko‘chma hma Yashirib, sir tutib bo‘lmaydi, ma’lum, oshkor.
                Buning xatoligi ravshan.
                    ▬
                                        — Ahvolimiz sizga ravshan, — bemor yo‘tala-yo‘tala, cholga ishorat qildi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                6.  Ravshan (erkaklar va xotin-qizlar ismi).