1.  Hurmat yoki yuz-xotirlik yuzasidan qilingan muomala; hurmat, andisha.
                
                                        O‘lim degan narsa ko‘z o‘ngiga kelib to‘xtagandan keyin, Otabekdek mehmonlar rioyasi ko‘nglidan yuvilur, so‘zning to‘g‘risini aytishga majbur bo‘lurlar.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        U [Azimjon] mastlikda hech kimni rioya qilmasligini mingboshi yaxshi bilar edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
                        
            
            
                2.  Bo‘ysunish, amal qilish, saqlash.
                Qonunga rioya qilmoq. Tartibga rioya qilmoq.
                    ▬
                                        Ahmadjon, komandirning buyrug‘iga qattiq rioya qilib, jang maydonini diqqat bilan kuzatar edi.
                        A. Qahhor, Oltin yulduz