1. kt. ayn. Rozilik.
                Rizolik bermoq. Rizoligini olmoq.
                    ▬
                                        O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizolik bildirib, barakalla deb qo‘ydi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Kulingiz aytmoqchimanki, bunday muhim ishda barcha nufuzli beklarning rizoligini olmasak bo‘lmas.
                        P. Qodirov, Yulduzli tunlar
                        
                        Axir kelgan-ketganga rizolik berib, vidolashib yotgan emish. Men ham so‘nggi burchimni ado etib qo‘ysammikan? Yo‘q, endi do‘stlik rishtasi uzildi!
                        S. Siyoyev, Avaz