1.  Biror andishaga bormasdan, yuz-xotir qilmasdan; to‘ppa-to‘g‘ri, dangal, ochiq.
                Ro‘yirost gapirmoq.
                    ▬
                                        Kecha siz., rosa soat II da qayerda edingiz? Ko‘chadamidingiz yo ishxonadami? Shu savolga kollektiv oldida ro‘yirost javob bering.
                        S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
                        
                        Bular [piyoda askarlar] hammasi ham miltiq va avtomatlarni tay-yor tutgan holda, ro‘yirost bostirib kelmoqda
                        A. Qahhor, Oltin yulduz
                        
            
            
                2.  Tikka; bor bo‘yicha.
                
                                        Yigitlardan biri ko‘zlarini chaqchaytirib, og‘zini katta ochib, yo‘g‘on tovush bilan atrofga bong urdi: — Yuraver! Yigitlar, yuraver! Maydonga ro‘yirost chiqib, haqqimizni dov qilamiz.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  Chinakamiga, astoydil.
                
                                        Uning [Sidiqjonning] kulishi O‘rmonjonning ro‘yirost g‘ashini keltirdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari