1. sft. ft. Haqiqiy, chin.
                Bu o‘yinchoq rostakam samolyotga o‘xshaydi.
                    ▬
                                        — Qarang, xuddi rostakam durga o‘xshaydi, — degan edi uni olib kelganda Munisxon. O‘.
                        Umarbekov, Yoz yomg‘iri
                        
            
            
                2. rvsh. sh. Haqiqatan, chindan ham, jiddiy.
                Bolaning rostakam jahli chiqdi.
                    ▬
                                        Tursunoy avval ishonmaganday ko‘zlarini katta ochib qaradi-yu, keyin Yefim tog‘aning rostakam ichkari boshlayotganini ko‘rib ishondi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar