1.  Mamnunlik, xursandlik.
                
                                        Yo‘lchi uning har bir so‘zida, ovozida, kulgisida quvonch ham taqdirdan rozilik sezdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Yengil ta’zim bilan [Navoiy podshohga] o‘z roziligini bildirib, tabassum qildi-da, sekingina dedi
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                2.  Unaganlik, ko‘nganlik haqidagi tasdiq javobi.
                Roziligini olmoq.
                    ▬
                                        Sobir, to kampirning roziligini olishguncha, to‘y qilishga jazm qilmadi.
                        R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
                        
                        Qiz tomon, garchand to‘yni bir yil keyin qilish sharti bilan bo‘lsa ham, rozilik beribdi.
                        O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa