1.  Astoydil harakat; urinish.
                
                                        Boshda bunday sa’y-harakatlar Avazga tabiiydek tuyuldi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        Ko‘lmak singari xor bo‘lmay degan dangasa odam sa’y-harakatdan tinmasin, dangasa bo‘lmasin, behuda xayollarni ko‘p surmasin.
                        Gazetadan
                        
                        Ularning sa’y-harakatlari tufayli jinoyatchilikning oldi olinadi, hududda osoyishtalik hukm so‘radi.
                        Gazetadan