1.  Tomosha ko‘rsatiladigan joyda, teatr, kinoteatr, konsert zali va shu kabi tomoshaxonalarda spektakl, kino qo‘yiladigan baland joy.
                
                                        Teatr sahnasi. Sahna darpardasi.◆Qorong‘ilik sekin yorishib, sahnada harir kiyimlarga o‘ralgan raqqosa Malak xonim paydo bo‘ldi.
                        Mirmuhsin, Yo‘qolgan javohir
                        
            
            
                2.  Umuman, teatr xizmati, teatrdagi faoliyat.
                
                                        Umrini sahnaga bag‘ishlamoq.◆Uning yoshi ellikdan oshib, dam olish payti yaqinlashsa ham, shu bolalarni boqish, tarbiyalash uchun, ularning kelajagi uchun yana sahnaga qaytdi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Badiiy asardagi ayrim qism-voqea, epizod.
                
                                        Uchrashuv sahnasi.◆— Xo‘sh, to‘y sahnasini yana bir marta takrorlaymiz, — dedi ko‘zoynakli rejissyor.
                        Gazetadan