1.  Og‘irlik, vazn, vazminlik, zalvor.
                
                                        Soni bor, salmog‘i yo‘q.
                        Maqol
                        
            
            
                2.  Jamiyatda, ko‘pchilik o‘rtasida erishilgan hurmat-e’tibor; mavqe, nufuz.
                
                                        Salmoqqa yarasha ish qilish kerak, Toki do‘st-oshnolar desinlar balli.
                        G‘. G‘ulom
                        
            
            
                3.  Nisbiy vazn, hajm, qiymat, ahamiyat, egallangan o‘rin; mazmun.
                
                                        Og‘ir sanoat mahsulotining salmog‘i tez o‘sib bormoqda.◆Adabiyotimizdagi hujjatga — hayotda bor faktlarga asoslanib yozilgan voqeiy asarlar katta salmoqqa ega.
                        N. Safarov, Jasoratning davomi