1.  Nisbatan og‘ir; vazmin, salmoqli, zalvorli. Salmoqdor bolg‘a.
                
                                        Tog‘ kabi salmoqdor uy, Ichi to‘la liq kitob
                        Q. Muhammadiy
                        
            
            
                2.  Vazndor, bo‘liq, to‘liq, bo‘lali.
                
                                        Salmoqdor ko‘saklar.◆Salmoqdor boshoqlar shamolda mayin tebranadi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Arzirli; katta; samarali.
                
                                        Salmoqdor hissa qo‘shmoq.◆[Azimjonning] Tug‘ilgan yurtidagi katta Qorako‘l doirasi-da salmoqdorgina ota meros ulushi bor ekan.
                        A. Muxtor, Chinor
                        
            
            
                4.  Mavqeyi, tutgan o‘rni va xizmatiga kura boshqalardan ajralib turadigan, boshqalarga qaraganda sermahsul. Salmoqdor olim.
                
                                        Bir-biridan afzal va salmoqdor bo‘lgan yillarimiz ichida bu yil alohida o‘rin oldi.
                        H. Nazir, Yangi sahifa
                        
            
            
                5.  Og‘ir, vazmin; ta’sirchan; dona-dona.
                
                                        — Bog‘chang-ku yaxshi-ya, — dedi salmoqdor ovoz bilan haligi chol, — lekin har holda ota bilan onaning mehri boshqa.
                        I. Rahim, Chin muhabbat