1.  Ulug‘vor ko‘rinishga eta bo‘lgan, viqorli; savlatli, mahobatli.
                
                                        Salobatli kishi. Salobatli bino.◆Haqiqatan ham G‘oyibning salobatli qiyofasi oldida Temirjon yosh boladay ko‘rinardi.
                        J. Abdullaxonov, Oriyat
                        
            
            
                2.  Og‘ir, vazmin; o‘z vazminligi va sokinligi bilan ta’sir etuvchi; ta’sirchan.
                
                                        Salobatli tun.◆Shundan keyin uyda salobatli tinchlik cho‘kdi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar