1.  Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi har bir ayrim sohasi.
                Tasviriy san’at. Me’morlik san’ati. San’at va adabiyot.
                    ▬
                                        Dunyodagi har qaysi soha o‘z san’atiga va o‘z madaniyatiga ega.
                        Yoshlik
                        
                        Kinematografchilar o‘z ijodiy rejalari, kino san’atini rivojlantirish to‘g‘risidagi o‘ylari bilan o‘rtoqlashdilar.
                        Gazetadan
                        
                        Zargarlik san’ati eng.ko‘hna san’atlardan biri bo‘lib, u dekorativ-amaliy san’at xili sifatida keng tarqalgan.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Turli amaliy-tatbiqiy sohalarning o‘ziga xos ish uslubi, sistemasi.
                Harbiy san’at.
                    ▬
                                        Uch-to‘rt kilometrga cho‘zilgan tepalik harbiy-injenerlik san’ati bilan uzoq yillar davomida qurilgan mustahkam qal’aga o‘xshardi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; iste’dod.
                So‘z san’ati. Notiqlik san’ati.
                    ▬
                                        Yosh xonandalar, raqqosalar o‘z san’atlarini namoyish etdilar.
                        Gazetadan
                        
                        Fursatdan foydalanmoq o‘zi bir san’at, hunar.
                        Q. Muhammadiy
                        
                        Kuldirishga san’at kerak, kulishga sof yurak.
                        Gazetadan
                        
            
            
                4.  Adabiyotshunoslikda: badiiy asar poetikasini ta’minlovchi vosita.
                Talmeh san’ati.
                    ▬
                                        Ruju’ — ma’naviy san’atlardan biri bo‘lib, arabcha qaytish demakdir.
                        O‘TA
                        
            
            
                5.  San’at (xotin-qizlar va erkaklar ismi).